O'zbekiston

Samarqandda ota sudga chaqirilgach, 25 mln aliment to‘ladi

Bungacha qarzdor aliment mablag‘larini belgilangan miqdorda emas, kam-ko‘st to‘lab kelgan.

Samarqandda ota sudga chaqirilgach, 25 mln aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023 yil 8 sentyabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.A.dan undiruvchi G.A. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun farzandlari voyaga yetguniga qadar har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Qarzdor aliment mablag‘larini belgilangan miqdorda emas, kam-ko‘st to‘lab kelgan. Natijada 2026 yil iyun oyiga qadar jami 24 million 403 ming 614 so‘m miqdorida aliment qarzdorligi yuzaga kelgan.

 

Qarzdorning qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplashdan bo‘yin tovlaganligi sababli, 2026 yil 24 iyun kuni unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.

 

Sud muhokamasi jarayonida qarzdor X.A. undiruvchi G.A. foydasiga 25 million so‘m miqdoridagi aliment mablag‘ini to‘liq to‘lagan. Shu munosabat bilan maʼmuriy ish taraflarning yarashuvi asosida tugatilgan.

 

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"