Jahon

Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida 100 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etadi

Eron TIV ma’lumotiga ko‘ra, dafn marosimlari 3–9-iyul kunlari davom etadi.

Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida 100 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etadi

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi marhum oliy rahbar Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida 100 ga yaqin davlat delegatsiyasi ishtirok etishini ma’lum qildi.

 

Vazirlik matbuot kotibi Esmoil Bag‘ayi ma’lum qilishicha, marosimda davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, tashqi ishlar vazirlari, maxsus hukumat vakillari hamda ko‘plab jamoat arboblari qatnashishi kutilmoqda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi vidolashuv marosimi 3-iyul kuni Tehronda mahalliy vaqt bilan soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan taxminan 15:30) da boshlanadi.

 

Eron rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Ali Xomanaiy bilan xayrlashuv marosimlari bir necha kun davom etadi. 4–5-iyul kunlari uning jasadi Tehrondagi Mosallah majmuasida jamoatchilik uchun qo‘yiladi. 6-iyul kuni poytaxt ko‘chalarida dafn marosimi o‘tkazilib, shundan so‘ng jasad Qum shahriga olib boriladi.

 

Shuningdek, 8-iyul kuni marhumning jasadi Iroqning Najaf va Karbalo shaharlariga olib borilib, u yerda ham alohida vidolashuv marosimlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yakuniy dafn marosimi esa 9-iyul kuni Mashhad shahrida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"