Jahon

AQShda 16 nafar bolani bitta xonada dahshatli sharoitda saqlagan to‘rt kishi hibsga olindi

18 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yetti nafari shifoxonaga yotqizilgan.

AQShda 16 nafar bolani bitta xonada dahshatli sharoitda saqlagan to‘rt kishi hibsga olindi

 

AQShning Ogayo shtatida 16 nafar voyaga yetmagan bolani yillar davomida og‘ir va antisanitariya sharoitida saqlaganlikda gumon qilingan to‘rt nafar oila a’zosi hibsga olindi deb xabar beradi Associated Press mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib.

 

Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, 30-iyun kuni Hamden qishlog‘idagi xonadonlardan birida o‘tkazilgan tintuv davomida yoshi 18 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar bola topilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar uzoq vaqt davomida antisanitariya holatidagi uyda, asosan bitta xonada saqlangan. Ayrim voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘i og‘ir ahvolda bo‘lib, yetti nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari vertolyot orqali travmatologiya markazlariga yetkazilgan. Yana bir bolaning ahvoli og‘irligi sababli sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

 

Tergov davomida bolalarning maktabga qatnamagani, rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagani hamda oiladan tashqaridagi deyarli hech kim ularning mavjudligidan xabardor bo‘lmagani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan ota-onalar hamda bobo-buvilar bolalar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishda ayblanmoqda. Huquq-tartibot organlari ushbu ish odam savdosi bilan emas, oiladagi zo‘ravonlik holati bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan.

 

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qutqarilgan barcha bolalarni davlat vasiyligiga olish choralarini ko‘rmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"