O'zbekiston

O‘zbekiston va Gruziya qo‘shma turizm loyihalarini amalga oshiradi

Gruziyaning turizmni rivojlantirish tajribasi, jumladan, soliq imtiyozlari va enoturizm yo‘nalishlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston va Gruziya qo‘shma turizm loyihalarini amalga oshiradi

 

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov boshchiligidagi delegatsiyaning Gruziyaga rasmiy tashrifi doirasida Gruziya Milliy turizm ma’muriyati rahbari Maya Omiadze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma turizm mahsulotlarini yaratish hamda ularni xalqaro bozorda birgalikda targ‘ib etish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuvda turizm statistikasini yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish ham kun tartibidan o‘rin olgan. Xususan, kirish va ichki turizm statistikasini shakllantirish, aeroportlar hamda chegara o‘tish punktlarida sayyohlar o‘rtasida tanlanma so‘rovlar o‘tkazish metodologiyasi yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

 

Tomonlar kirish turizmini rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlari, jumladan, soliq imtiyozlari orqali turizm biznesini qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni Gruziyada muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan turoperatorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish va nol stavkani qo‘llash amaliyotini o‘rganishga qiziqish bildirgan.

 

Shuningdek, tog‘, enoturizm va gastronomik turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda gruziyalik mutaxassislarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga maslahatchi sifatida jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

Muzokaralar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik fikri yetakchilari uchun o‘zaro press-turlar tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston va Gruziyada o‘tkaziladigan yirik xalqaro turizm ko‘rgazmalari, forumlar hamda boshqa nufuzli tadbirlarda muntazam ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish, milliy turizm mahsulotlarini xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"