O'zbekiston

O‘zbekiston–Gruziya turizm aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

Gruziya turizm kompaniyalari noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi”da ishtirok etishga taklif qilindi.

O‘zbekiston–Gruziya turizm aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

 

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Gruziya Turizm assotsiatsiyasi raisi Natalya Kvachantradze hamda mamlakatning yetakchi turizm kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, turoperatorlar o‘rtasida tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Gruziya bozorida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda Gruziyaga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar xalqaro turizm ko‘rgazmalari va forumlari doirasida muntazam B2B uchrashuvlarini tashkil etish, Gruziya turoperatorlariga O‘zbekistondagi ishonchli hamkorlarni biriktirish hamda biznes aloqalarini mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi.

 

Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent hamda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yangi sayohat dasturlarini ishlab chiqish, ularni Gruziya bozoriga taklif etish, madaniy, gastronomik, eno va ekologik turizm yo‘nalishlarida zamonaviy turizm mahsulotlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Gruziya turoperatorlarining o‘zaro tanishtiruv tashriflarini tashkil etish, turagentlar uchun seminar, taqdimot va workshoplar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, joriy yilning avgust oyida Gruziyaning yetakchi turoperatorlari va turagentlari uchun O‘zbekistonga maxsus info-tur tashkil etilishi rejalashtirildi.

 

Bundan tashqari, Gruziya Turizm assotsiatsiyasi hamda mamlakatning yetakchi turizm kompaniyalari joriy yil noyabr oyida o‘tkaziladigan “Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi”da ishtirok etishga taklif qilindi.

 

Qayd etilishicha, mazkur tashabbuslar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi turizm aloqalarini yanada mustahkamlash, sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish, yangi turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat turizm biznesi o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.