Jahon

Pokistondagi kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Musson mavsumi og‘ir talafotlarga sabab bo‘lib, suv toshqini xavfini kuchaytirilgan.

Pokistondagi kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonda davom etayotgan kuchli musson yog‘inlari oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Dunya News ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, noqulay ob-havo mamlakatning bir qator hududlarida vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan. Xususan, Xayber Paxtunxva viloyatidagi Sayfulloh ko‘lida sayyohlarni olib ketayotgan qayiq ag‘darilib, olti kishi halok bo‘lgan.

 

Panjob va Attok hududlarida turar joy binolarining devorlari hamda tomlari qulashi oqibatida bir necha fuqaro hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, ayrim hududlarda chaqmoq urishi oqibatida ham o‘lim holatlari qayd etilgan.

 

Landi Kotalda chaqmoq urishi oqibatida ikki nafar bola halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohat olgan. Yuqori Dir tumanida esa momaqaldiroq sabab 20 nafar madrasa talabasi tan jarohati olgan. Job hududida tom qulab tushishi oqibatida bir ayol va bir bola halok bo‘lgan.

 

Pokiston Milliy tabiiy ofatlar boshqaruvi boshqarmasi Gilgit-Baltiston, Xayber Paxtunxva va Azad Kashmir hududlarida muzlik ko‘llarining toshishi hamda to‘satdan yuz berishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlari xavfi yuqori ekanidan ogohlantirgan.

 

Ma’lumot uchun, Pokistonda har yili iyul oyidan boshlanadigan musson mavsumi sentabrgacha davom etadi. Kuchli yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ko‘pincha yirik suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarga sabab bo‘ladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.