O'zbekiston

Qashqadaryoda fermerga bosim o‘tkazib, pul talab qilgan ona va qiz ushlandi

Ular fermerning yer maydonini davlat zaxirasiga o‘tkazib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Qashqadaryoda fermerga bosim o‘tkazib, pul talab qilgan ona va qiz ushlandi

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlanishicha, Kitob tumanida yashovchi D.E va uning onasi H. A qo‘shni mahallada istiqomat qiluvchi fermer R. O xo‘jaligiga tegishli yer maydonidan loy g‘isht quyish maqsadida foydalanib kelayotganini bilgan.

 

Ular ushbu holatdan moddiy manfaat ko‘rishni ko‘zlab, o‘zaro jinoiy til biriktirib, fermerga bosim o‘tkaza boshlagan. Gumonlanuvchilar yer maydoni bo‘yicha davlat organlaridagi tanishlari orqali kadastr idorasiga murojaat qilib, uni davlat zaxirasiga o‘tkazib yuborishlari mumkinligini vaj qilib ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, ular qishloq xo‘jaligi sohasidagi vakolatli organlarga murojaat qilingani va mazkur masala yuzasidan da’vo qilmaslik hamda fermerning tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik evaziga 5 million so‘m talab qilgan.

 

Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati hamda Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida D. E va H. A talab qilingan pulning 3 million so‘mini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "v" bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchilarning jinoiy faoliyati va ehtimoliy sheriklarini aniqlash yuzasidan tergov hamda tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.