Jahon

Venesueladagi zilzilalardan sakkiz kun o'tgach, vayronalar ostida omon qolgan odam topildi

Chili, AQSH va boshqa davlatlar qutqaruvchilari vayronalar ostida qolgan erkakni qutqarishga urinmoqda.

Venesueladagi zilzilalardan sakkiz kun o'tgach, vayronalar ostida omon qolgan odam topildi

Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalardan sakkiz kun o‘tganiga qaramay, La Guaira shtatida vayronalar ostida tirik qolgan 43 yoshli erkak topildi. Hozirda uni qutqarish bo‘yicha xalqaro qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Katia la Mar qirg‘oq hududida qorovul bo‘lib ishlagan Hernan Gil zilzila vaqtida xizmat binosi vayron bo‘lishi oqibatida uning ostida qolib ketgan.

 

Qutqaruv ishlariga Chili, AQSH, Meksika va yana to‘rt davlatdan kelgan mutaxassislar jalb etilgan. Chili qutqaruvchilari erkakning hushyor holatda ekanini tasdiqlovchi videotasvirlarni e’lon qilgan.

 

Ispaniyalik qutqaruvchi Luis Arteaga Benatuilning ma’lum qilishicha, hukumat tomonidan joriy etilgan cheklovlar sabab hududga kirish murakkab bo‘lgan. Shunga qaramay, qutqaruvchilar asosiy maqsad inson hayotini saqlab qolish ekanini ta’kidlamoqda.

 

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Venesueladagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 295 nafarga, jarohatlanganlar esa 11 mingdan oshgan. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni qariyb 50 ming kishini tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, vayron bo‘lgan ko‘plab binolarga qidiruv ishlari yakunlanganini bildiruvchi maxsus belgilar qo‘yilgan bo‘lsa-da, Hernan Gilning tirik ekani qutqaruvchilar uchun umid uyg‘otmoqda.

custom img

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

custom img

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

custom img

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

custom img

Netanyaxuning AQShga borishi kutilmoqda

Tashrif davomida Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazilishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Ukraina hukumati iste’foga chiqdi

Oliy Rada Yuliya Svyrydenkoni bosh vazir lavozimidan ozod qildi.

custom img

Turkmanistonda O‘zbekiston SIM kartalariga qarshi reydlar boshlandi

Bunga Toshhovuz viloyatida bir erkakning olti nafar farzandi va o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar internetda keng tarqalib ketgani sabab bo‘lishi mumkin.

custom img

JCH uchun tanlangan hakam 38 yoshida vafot etdi

Unga nisbatan jinsiy tajovuz ayblovlari qo‘yilganidan so‘ng FIFA uni hakamlar ro‘yxatidan chiqargan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"