Jahon

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi jarlikka quladi: kamida 40 kishi halok bo‘ldi

Yana 8 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi jarlikka quladi: kamida 40 kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonning Balujiston viloyatida yo‘lovchi avtobusi jarlikka qulashi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

 

Dawn gazetasi xabarlariga ko‘ra, fojia Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlari chegarasidagi tog‘li hududda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Balujistonning Kvetta shahridan Xayber Paxtunxva viloyatining Peshovar shahriga yo‘l olgan.

 

Yo‘l davomida transport vositasiga nosozlik sabab boshqa avtobusdan yo‘lovchilar ham o‘tqazilgan. Ikki viloyat chegarasidan o‘tgach, avtobus noma’lum sababga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotib, chuqur jarlikka qulagan.

 

Hodisa oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 8 nafar jabrlanuvchi esa shifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilingan. Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv hamda tez tibbiy yordam brigadalari jalb etilgan bo‘lib, murakkab tog‘li relyef qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yo‘l-transport hodisasi sabablarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlarini boshlagan.

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.