O'zbekiston

Samarqand–Urgut temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, hodisaga Zarafshon daryosida suv oqimining keskin oshgani sabab bo‘lgan.

Samarqand–Urgut temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Samarqand viloyatidagi Samarqand–Urgut temiryo‘l uchastkasiga yetgan zarar yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, hodisaga Zarafshon daryosida suv oqimining keskin oshgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 3-iyul kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi Samarqand–Urgut temiryo‘lining ma’lum qismi shikastlangan.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston va Tojikistonning tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Zarafshon daryosida suv oqimi keskin kuchaygan. Natijada daryo qirg‘oqlarni yuvib ketgan va ayrim joylarda o‘zan yo‘nalishi o‘zgargan.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisaga daryodagi suv sarfining me’yoriy 80–100 kub metr/soniyadan 300 kub metr/soniyagacha oshgani sabab bo‘lgan. Oqibatda daryo o‘zani temiryo‘lga yaqin hududlarda 30–40 metrgacha kengayib, temiryo‘lning ayrim qismlariga zarar yetkazgan. 

 

Ta’kidlanishicha, bunday gidrologik holat so‘nggi 20 yil davomida kuzatilmagan. Hozirda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida daryo qirg‘oqlarini xarsang toshlar bilan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Bunga 15 ta maxsus texnika jalb etilgan, 30 ta dumpkar vagon orqali xarsang toshlar yetkazilgan. Bundan tashqari, zarur qurilish materiallari ortilgan yana 130 ta dumpkar vagon hodisa hududiga yo‘naltirilgan.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning bildirishicha, temiryo‘l qatnovini imkon qadar qisqa muddatda to‘liq tiklash va poyezdlar harakatining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur uchastka 2025-yil noyabr oyida foydalanishga topshirilgan Samarqand–Urgut yangi temiryo‘l tarmog‘ining bir qismi hisoblanadi. Loyiha doirasida Samarqand va Urgut o‘rtasida 55,4 kilometr uzunlikdagi yangi temiryo‘l qurilib, ikkita vokzal, ikkita to‘xtash punkti, ikkita ko‘prik hamda 100 dan ortiq sun’iy inshoot barpo etilgan.

 

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"