O'zbekiston

Toshkentda 2 ming dollar pora olgan kadastr bosh inspektori ushlandi

Andijonda esa 160 ming dollarga davlat yerini noqonuniy sotishga uringan shaxs qo'lga olindi.

Toshkentda 2 ming dollar pora olgan kadastr bosh inspektori ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent va Andijon viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga ma'lum qildi.

 

Aniqlanishicha, DXXning “Call-markazi”ga kelib tushgan murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Toshkent shahri Yashnobod tumani bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mansabdor mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzdirib tashlamaslik hamda unga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llamaslik evaziga mazkur pul mablag‘ini talab qilgan.

 

Yana bir holatda esa Andijon shahrida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga Andijon tumanidagi Xakan sanoat hududida joylashgan, davlat zaxirasidagi 40 sotix yer maydonini go‘yoki “E-auksion” orqali yutib olganini bildirgan. Shuningdek, kadastr tizimidagi tanishlari orqali mazkur yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga 160 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX, Ichki ishlar organlari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 80 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.