Jahon

AQSHdagi savdo markazida yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli mojaro bir-birini tanigan ikki guruh yoshlar o‘rtasidagi janjal oqibatida yuzaga kelgan.

AQSHdagi savdo markazida yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

 

AQSHning Michigan shtati Dirborn shahridagi Fairlane Town Center savdo markazida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi, deb xabar berdi CBS News.

 

Xabarlarga ko‘ra, hodisa 3-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 atrofida yuz bergan. Dastlab uch kishi o‘q jarohati olgan. Ulardan biri voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Jarohatlangan uchinchi shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, otishma bir-birini tanigan ikki guruh yoshlar o‘rtasida yuzaga kelgan janjal oqibatida sodir bo‘lgan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, mojaro vaqtida har ikki tomonda ham o‘qotar qurol bo‘lgan.

 

Evakuatsiya vaqtida savdo markazidan chiqib ketayotgan bir fuqaro yaqin atrofdagi avtomobil urib yuborishi oqibatida jarohat olgan. Uning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

Voqeadan so‘ng savdo markazi to‘liq evakuatsiya qilinib, tergov ishlari olib borilishi uchun vaqtincha yopilgan.

 

Hozircha hodisa yuzasidan hech kim hibsga olinmagan. Gumonlanuvchilar so‘roq qilinmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSHdagi savdo markazida yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz