O'zbekiston

Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Dalian Xitoyning Daliyan universiteti hamkorligida baliqchilik va akvakultura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, yangi jamg‘arma “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi negizida tegishli markaz huzurida faoliyat yuritadi.

 

Shuningdek, 2027-yil 1-mayga qadar baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanish, baliq yetishtirish hajmi, ozuqa sarfi, qo‘llanilayotgan texnologiyalar hamda ijaraga beriladigan suv obyektlari hisobini yagona tizimda yuritish imkonini beruvchi “e-baliq” elektron platformasi ishga tushiriladi.

 

Farmonga muvofiq, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoyning Daliyan universiteti hamkorligida baliqchilik va akvakultura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

 

Mazkur fakultetga har yili davlat granti asosida 50 nafargacha abituriyent qabul qilinadi. Ta’lim jarayoni “2+1” modeli asosida tashkil etiladi, qabul kvotalari esa har yili davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq tasdiqlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.