O'zbekiston

Navoiyda kanalga cho‘kib ketgan ikki 15 yoshli bola halok bo‘ldi

Dastlabki ekspertizaga ko‘ra, ularning o‘limiga suv tufayli yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Navoiyda kanalga cho‘kib ketgan ikki 15 yoshli bola halok bo‘ldi

 

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 2011-yilda tug‘ilgan ikki o‘smir kanalga cho‘kib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan B.R. va S.A. sinfdoshlari bilan birga “Beshrabot–Konimex” kanalining “Yangiobod” mahallasi Bunyodkor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi qismiga cho‘milish uchun borgan. Oqibatda ikki o‘smir suvga cho‘kib, halok bo‘lgan.

 

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida hodisada jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘smirlarning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, tekshiruv jarayonida “Hududiy elektr tarmoqlari” Navbahor tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirokida kanal bo‘yidagi dehqonchilik uchun foydalanilgan suv nasosi tekshirildi. Nasos ishchi holatda suvga tushirilganda kanalda elektr toki mavjud emasligi aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda kanalga cho‘kib ketgan ikki 15 yoshli bola halok bo‘ldi | Zamon.uz