O'zbekiston

Ohangaronda daladagi xufiya joydan sintetik narkotikni olgan xorijlik ushlandi

Xorijlikning Toshkentdagi vaqtincha yashash xonadonidan elektron tarozilar va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilindi.

Ohangaronda daladagi xufiya joydan sintetik narkotikni olgan xorijlik ushlandi

 

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX ma'lum qildi.

 

Tezkor tadbir davomida Yaqin Sharq davlatlaridan birining 1994-yilda tug‘ilgan fuqarosi dala maydonidagi yashirin joydan 970 gramm “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini qazib olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Natijada u yerdan 2 dona elektron tarozi, termoizolenta va giyohvand moddalarni qadoqlashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.