O'zbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

Ikki davlat “Toza havo” loyihasi doirasida qo‘shma ilmiy ishchi guruh tuzish va atmosfera monitoringini takomillashtirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

 

Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari ishtirokida atmosfera havosini muhofaza qilish hamda uning sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muzokaralarda atmosfera havosi monitoringini takomillashtirish, transchegaraviy havo ifloslanishini kamaytirish hamda bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, mazkur uchrashuv 2026-yil 11-aprel kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi bo‘ldi. Davlat rahbarlari o‘shanda chegaraoldi hududlarda “Toza havo” qo‘shma loyihasini amalga oshirish muhimligini ta’kidlagan edi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Iqlim o‘zgarishi milliy markazi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda ilmiy muassasalar vakillari, Qozog‘iston tomonidan esa Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi, “Kazgidromet” va Milliy gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Tomonlar atmosfera havosi monitoringi natijalari, atmosfera sirkulyatsiyasi jarayonlari hamda PM2.5 va PM10 mayda dispers zarrachalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan o‘zaro axborot almashdi.

 

Muhokamalar davomida atmosfera havosi davlat chegaralarini tan olmasligi, shu bois O‘zbekiston va Qozog‘istonning chegaraoldi hududlarida ifloslanishni kamaytirish uchun muvofiqlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy choralar zarurligi ta’kidlandi.

 

Yig‘ilish yakunida transchegaraviy atmosfera ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan qo‘shma ilmiy ishchi guruhni tashkil etish hamda amaliy tadbirlarni muntazam amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Tashrif doirasida Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekistonda “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, Toshkent viloyatidagi issiqxonalarni ko‘chirish ishlari, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida joriy etilgan zamonaviy gaz tozalash tizimlari hamda avtotransport vositalari uchun ekologik stikerlar berish mexanizmi namoyish etildi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"