O'zbekiston

Sergelida “Aqlli tuman” platformasi ishga tushirildi

Sun’iy intellekt asosidagi tizim ijtimoiy muammolar monitoringi, murojaatlar nazorati va jamoat xavfsizligini boshqarish imkonini beradi.

Sergelida “Aqlli tuman” platformasi ishga tushirildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimligiga tashrif buyurib, hududda raqamlashtirish va davlat xizmatlarini zamonaviy boshqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Davlat rahbariga hokimlik binosida “yagona darcha” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar haqida ma’lumot berildi. Hozirda tuman hokimligi bilan bir qatorda yana beshta tashkilot faoliyat yuritib, aholi va tadbirkorlarga 30 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligiga onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi zamonaviy qurilma taqdim etildi. Mazkur tizim orqali fuqarolar videomuloqot orqali murojaat yuborishi, murojaat avtomatik ro‘yxatga olinishi hamda xizmat sifati yuzasidan baho berishi mumkin.

 

Prezident bunday “aqlli” qurilmalarni aholi gavjum hududlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kengroq joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Tashrif davomida davlat rahbari sun’iy intellekt asosida ishlovchi “Aqlli tuman” platformasi va vaziyatlar markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur markaz 17 ta axborot tizimini o‘zaro integratsiya qilgan bo‘lib, ijtimoiy va kommunal muammolar monitoringi, aholi murojaatlari ijrosini nazorat qilish hamda favqulodda vaziyatlarda tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.

 

Vaziyatlar markazi 46 ta mahalla bilan videokonferensaloqa orqali bog‘langan, shuningdek, tumandagi 25 ta maktab ham ushbu tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinmoqda.

 

Platforma tarkibidagi “Xavfsiz tuman” tizimi jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilsa, tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi sun’iy intellekt asosida soliq tushumlarini prognoz qilish imkonini beradi. “AI Davomat” tizimi esa maktablarda dars qoldirish holatlarini nazorat qilish va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olishga qaratilgan.

 

Prezident ushbu tajribani Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Shuningdek, tashrif davomida poytaxtda ta’lim tizimi va qurilish sohasini raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari eshitildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sergelida “Aqlli tuman” platformasi ishga tushirildi | Zamon.uz