O'zbekiston

Sergelidagi yangi tibbiyot markazida 250 ta ish o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev yiliga 150 ming nafardan ortiq bemorga xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy xususiy tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Sergelidagi yangi tibbiyot markazida 250 ta ish o‘rni yaratildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “Global International Hospital” xususiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, markazni barpo etish uchun 30 million AQSH dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan. Zamonaviy tibbiyot muassasasi yiliga 150 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, yillik xizmatlar hajmini 15 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbariga markaz faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Prezidentimiz jarrohlik, reanimatsiya, davolash bo‘limlari hamda situatsion markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Loyiha doirasida 250 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Muassasada xorijda malaka oshirgan yuqori malakali mutaxassislar hamda chet ellik shifokorlar faoliyat yuritmoqda.

 

Tibbiyot markazi Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar, jumladan, PHILIPS kompaniyasining ilg‘or tibbiy texnologiyalari bilan jihozlangan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev markazni ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch tibbiyot muassasasiga aylantirish, bu yerda to‘plangan ilg‘or tajribani shifokorlar malakasini oshirish va zamonaviy tibbiy xizmatlarni kengaytirishda samarali qo‘llash zarurligini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari markaz xodimlari bilan muloqot chog‘ida xususiy tibbiyot tizimini rivojlantirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda tibbiy xizmatlarni turizm bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

 

Shuningdek, shifoxonalar huzurida mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish va xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.