O'zbekiston

Surxondaryoda “o‘zbek-afg‘on” chegarasidan 2,5 kilogrammdan ortiq opiy musodara qilindi

Shuningdek, Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qariyb 3 kilogramm ko‘knori boshoqlari aniqlandi.

Surxondaryoda “o‘zbek-afg‘on” chegarasidan 2,5 kilogrammdan ortiq opiy musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston–Afg‘oniston davlat chegarasining Termiz tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 2 kilogramm 562 gramm opiy giyohvandlik vositasi aniqlanib, belgilangan tartibda musodara qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, giyohvandlik vositasining egalarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chilonzor tumanida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonidan 2 kilogramm 930 gramm ko‘knori boshoqlari topilib, protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

custom img

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

custom img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi ishtirokchilarining murojaati

Ishtirokchilar forumda qabul qilingan qarorlar dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, adolat va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"