O'zbekiston

Toshkentda 230 ta mahallada yarim yilda birorta ham jinoyat sodir etilmadi

Sergelida 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tdi, 17 ta mahallada umuman jinoyat qayd etilmadi.

Toshkentda 230 ta mahallada yarim yilda birorta ham jinoyat sodir etilmadi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda poytaxt tumanlariga respublika rahbarlari biriktirilgani natijasida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarga erishilgani qayd etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, yilning dastlabki olti oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaygan. Xususan, 230 ta mahallada umuman jinoyat sodir etilmagan, yana 332 ta mahallada jinoyatlar keskin qisqargan.

 

Shuningdek, kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan mahallalar soni 60 tadan 23 taga kamaygani ta’kidlanib, bu poytaxtda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha joriy etilgan yangi yondashuvlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatishi qayd etildi.

 

Sergeli tumanida ham xavfsiz muhitni ta’minlash borasida ijobiy natijalar kuzatilgani bildirildi. Ilgari kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tkazilgan, 17 ta mahallada esa birorta ham jinoyat sodir etilmagan.

 

Qayd etilishicha, Sergeli tumani bu borada Toshkent shahridagi tumanlar orasida eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatgan.

 

Davlat rahbari O‘zgarish mahallasida yo‘lga qo‘yilgan profilaktika ishlarini boshqa hududlarda ham ommalashtirish, tumandagi qolgan 46 ta mahallani “yashil” toifaga o‘tkazish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda yoshlar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 

Yig‘ilish yakunida hokimlar va mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.