O'zbekiston

Toshkentning har bir tumanida 15–20 ta zamonaviy hojatxona quriladi

Yil boshidan buyon poytaxtga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurgani qayd etildi.

Toshkentning har bir tumanida 15–20 ta zamonaviy hojatxona quriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish, tozalikni ta’minlash va jamoat xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon poytaxtga qariyb 3 million nafar xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Ularning aksariyati tarixiy obidalar, istirohat bog‘lari, bozorlar, kafe va restoranlar hamda turistik mahallalarga piyoda sayohat qilishni afzal ko‘radi.

 

Shu munosabat bilan avtobus bekatlari, temir yo‘l vokzallari, aeroport va metro bekatlarida sayyohlar uchun shahar bo‘ylab harakatlanish marshrutlarini ko‘rsatuvchi, mobil telefonlarga bepul va qulay yuklab olinadigan raqamli xaritalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilishda Toshkentning toza, ozoda va yashil shahar sifatidagi nufuzi saqlab qolinishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Ko‘chalar, xiyobonlar va bog‘lardagi tozalik darajasi aholi hamda sayyohlar ehtiyojlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilindi.

 

Davlat rahbari tozalik faqat obodonlashtirish emas, balki madaniyat va qadriyat masalasi ekanini qayd etdi. Mahalla raislari, nuroniylar va faollarga aholi bilan birgalikda obodonlashtirish, daraxt ekish va parvarishlash ishlarini kuchaytirish hamda yoshlarda “Tozalik ostonadan boshlanadi” degan qadriyatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, poytaxtda jamoat hojatxonalari yetishmasligi muammosiga e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqish hamda joriy yilning o‘zida Toshkentning har bir tumanida 15–20 tadan zamonaviy jamoat hojatxonasi qurish uchun yer maydonlarini auksionga chiqarish vazifasi yuklatildi.

 

Bundan tashqari, poytaxt bo‘ylab chiqindi qutilari sonini keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"