O'zbekiston

Yangi Sergeli koʻchasida yangi savdo va xizmat koʻrsatish infratuzilmasi barpo etildi

Umumiy qiymati 18,7 milliard so‘mlik loyiha doirasida Sergelida 250 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Yangi Sergeli koʻchasida yangi savdo va xizmat koʻrsatish infratuzilmasi barpo etildi

 

Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Ittifoq mahallasida joylashgan Yangi Sergeli ko‘chasida barpo etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, umumiy qiymati 18,7 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida ko‘chaning 2,1 kilometr qismi to‘liq rekonstruksiya qilinib, savdo, umumiy ovqatlanish, turizm va ko‘ngilochar xizmatlarni o‘z ichiga olgan 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan zamonaviy hudud tashkil etildi.

 

Loyiha doirasida aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun 10 dan ortiq bolalar maydonchasi, 8 ta vorkaut zonasi, kitob do‘koni hamda nuroniylar maskani barpo etilgan.

 

Mazkur hudud atrofidagi to‘rtta mahallada 21 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Yangi Sergeli ko‘chasidan kuniga o‘rtacha 15–20 mingta avtomobil harakatlanadi. Loyiha to‘liq quvvatda ishga tushgach, yiliga 1,2 milliondan ortiq tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, loyiha natijasida 250 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan, 95 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati kengaytirildi va 22 ta yangi biznes subyekti tashkil etilgan.

 

Davlat rahbari hududdagi milliy me’moriy uslubda ta’mirlangan xonadonlar, obodonlashtirilgan ko‘chalar va aholiga yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilib, amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi turmush darajasi va daromadlariga ta’siri bilan qiziqdi.

 

Mahalla faollari yangi infratuzilma hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirgani, tadbirkorlik rivojlanib, aholi bandligi va daromadlari oshayotganini ta’kidlagan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.