O'zbekiston

Adabiyot muzeyi yopilmaydi, yangi binoga ko‘chiriladi — Fanlar akademiyasi

Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi faoliyati yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, muzey yangi bino foydalanishga topshirilgach o‘z ishini davom ettirishini ma’lum qildi.

Adabiyot muzeyi yopilmaydi, yangi binoga ko‘chiriladi — Fanlar akademiyasi

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda muzey faoliyati bilan bog‘liq ayrim ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan talqinda tarqatilgani jamoatchilik orasida asossiz xavotirlarni yuzaga keltirgan.

 

Fanlar akademiyasi ma’lumotiga ko‘ra, muzeyda amalga oshirilayotgan ishlar muassasa faoliyatini tugatish yoki madaniy meros obyektlariga zarar yetkazishga emas, balki noyob qo‘lyozmalar, arxiv hujjatlari va eksponatlarni zamonaviy talablarga mos sharoitlarda saqlash, ularni raqamlashtirish hamda kelajak avlodlarga bexatar yetkazishga qaratilgan.

 

Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-maydagi 234-F-sonli farmoyishi asosida, Yangi Toshkent shahrida Adabiyot muzeyi uchun bunyod etilayotgan yangi bino foydalanishga topshirilgunga qadar muzey fondlari vaqtincha boshqa muassasalarga ko‘chirilmoqda.

 

Jumladan, muzey fondidagi nodir qo‘lyozmalar, toshbosma manbalar hamda “O‘zbekiston yozuvchilari va shoirlari arxivi” fondi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga, boshqa eksponatlar esa Fanlar akademiyasining Antropologiya institutiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 9-iyun kuni muzeyning 847 dona nodir qo‘lyozmasi belgilangan tartibda Islom sivilizatsiyasi markazining maxsus saqlash xonalariga ko‘chirilgan. Hozirda ushbu jarayon bo‘yicha zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

 

Shuningdek, muzey fondida saqlanayotgan 1 491 dona toshbosma manba439 ta papkadagi foto nusxalar145 ta papkadagi plyonka va negativlar, shuningdek 1 416 512 ta hujjatdan iborat “O‘zbekiston yozuvchilari va shoirlari arxivi” fondi birlamchi xatlovdan o‘tkazilgani, qolgan eksponatlar inventarizatsiyasi esa davom etayotgani ma’lum qilingan.

 

Fanlar akademiyasi muzey tomoshabinlar va tadqiqotchilar uchun vaqtincha yopilgan bo‘lsa-da, muassasa xodimlari o‘z xizmat vazifalarini to‘liq bajarayotganini ta’kidlagan.

 

Rasmiy munosabatda barcha ishlar amaldagi qonunchilik va belgilangan me’yoriy tartiblar asosida, mas’ul mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilayotgani qayd etilib, jamoatchilikdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz xabarlarga emas, rasmiy manbalarga tayanish so‘raldi.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"