O'zbekiston

Andijonda 38,3 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi

94 mingdan ortiq fuqaro va ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslar nomidan keshbek mablag‘lari rasmiylashtirilgan.

Andijonda 38,3 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Andijon viloyatida 38,3 milliard so‘mlik byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish holati aniqlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Y. Q. va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, 5 ta MCHJ nomidan boshqa korxonalar tomonidan go‘yoki 2,2 trillion so‘mlik mahsulot yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan.

 

Shuningdek, savdodan tushgan mablag‘lar nazorat-kassa mashinalari orqali rasmiylashtirilgandek ko‘rsatilib, xarid cheklari shakllantirilgan. Ushbu cheklarning ma’lumotlari asosida 94 ming 921 nafar fuqaro hamda ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslar nomidan Soliq Mobile ilovasi orqali keshbek mablag‘lari rasmiylashtirilgan.

 

Natijada 38,3 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.