O'zbekiston

Bektemirda giyohvand moddalarni “zakladka” usulida tarqatgan shaxslar ushlandi

Qo'lga olingan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bektemirda giyohvand moddalarni “zakladka” usulida tarqatgan shaxslar ushlandi

 

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1–31-iyul kunlari o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrining Bektemir tumanida giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Iyk ota” mahallasida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari shubhali harakatlangan ikki nafar shaxsni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirgan. Natijada ularning yonidan 43 dona alohida qadoqlangan giyohvandlik moddasi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Shuningdek, Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda shubhali shaxs ko‘zdan kechirilganda, undan 15 dona qadoqlangan giyohvandlik moddasi topilib, protsessual tartibda musodara qilingan.

 

Har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari respublika bo‘ylab davom etayotganini ma’lum qildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"