Jahon

Isroilning AQShdan tashqari ham ko‘plab do‘stlari bor — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Donald Trampni mamlakatning eng yaqin ittifoqchisi deb atar ekan, Isroilning dunyoda boshqa kuchli hamkorlari ham borligini ta’kidladi.

Isroilning AQShdan tashqari ham ko‘plab do‘stlari bor — Netanyaxu

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakatning eng yaqin ittifoqchisi AQSh ekanini ta’kidlar ekan, Isroil dunyoda Qo‘shma Shtatlardan tashqari ham ko‘plab ishonchli hamkor va do‘stlarga ega ekanini ma’lum qildi.

 

U Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh vitse-prezidenti J.D. Vensning Isroil AQShning yagona kuchli ittifoqchi ekanini yodda tutishi kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirgan.

 

“Men J.D. Vensni hurmat qilaman, munosabatlarimiz juda yaxshi. Ammo bu uning har bir fikriga qo‘shilaman degani emas. Donald Tramp Oq uyda men ko‘rgan eng buyuk do‘st. Shu bilan birga, bizning boshqa do‘stlarimiz ham bor. Masalan, 1,4 milliard aholiga ega Hindiston bizni katta qo‘llab-quvvatlaydi”, — degan Netanyaxu.

 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning ko‘plab davlatlari rahbarlari Isroil bilan hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirib, muntazam aloqada bo‘lib turishadi.

 

Shu bilan birga, Netanyaxu AQSh va Isroil o‘rtasidagi strategik ittifoq o‘zgarmasligini alohida ta’kidladi.

 

“Amerikaning Isroildan muhimroq ittifoqchisi yo‘q, Isroilning esa Qo‘shma Shtatlardan muhimroq ittifoqchisi yo‘q”, — deya ta'kidlagan u.

 

Netanyaxuning bayonoti AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar hamda Vashington va Tel-Aviv o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro muhokamalar markazida bo‘lib turgan bir paytda yangragan.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"