Jahon

“Maxsus harbiy operatsiya” haqiqiy urushga aylandi — Peskov

Kreml matbuot kotibining ta’kidlashicha, G‘arbning Ukrainaga harbiy yordami mojaroning urush tusini olishiga sabab bo‘lgan.

“Maxsus harbiy operatsiya” haqiqiy urushga aylandi — Peskov

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” endilikda “haqiqiy urush” tusini olganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bunga G‘arb davlatlarining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lgan.

 

Peskov bu haqda VGTRK jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida so‘zlagan.

 

“Urush ketyapti, bu haqiqiy urush. Hammasi maxsus harbiy operatsiya sifatida boshlangan edi. Ammo Berlin, Parij, Gaaga, Oslo va, afsuski, Vashington Kiyevni qo‘llab-quvvatlagani sabab bu urushga aylandi”, — deya ta'kidlagan u.

 

Kreml vakilining ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari Ukrainaga razvedka ma’lumotlari, sun’iy yo‘ldosh tizimlari va xorijiy qurollarni nishonga yo‘naltirish orqali yordam bermoqda.

 

Peskov, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari frontda “tizimli ravishda oldinga siljiyotgani” va buning natijalari ko‘rinayotganini iddao qilgan. U Kostyantinovka ustidan nazorat o‘rnatilgani haqidagi Rossiya bayonotini takrorlagan. Biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq bu da’volarni rad etgan, mustaqil monitoring loyihalari ham mazkur ma’lumotni tasdiqlamagan.

 

Kreml matbuot kotibi Ukraina dronlari Rossiya hududidagi energetika va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga zarba berayotganini aytib, bunday hujumlarni “terroristik harakatlar” deb baholagan.

 

Rossiya 2022-yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirganidan buyon rasmiylar mojaro uchun “maxsus harbiy operatsiya” atamasidan foydalanib kelmoqda. Shu bilan birga, Rossiyada urushni ochiqchasiga “urush” deb atagan ayrim shaxslar, jumladan sobiq Moskva deputati Aleksey Gorinov, armiya haqida “soxta ma’lumot tarqatish” moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.