O'zbekiston

O‘zbekistonda 220 ming xonadonning gaz ta’minoti yaxshilanadi

711,9 kilometr gaz tarmog‘i va 400 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlanadi hamda rekonstruksiya qilinadi.

O‘zbekistonda 220 ming xonadonning gaz ta’minoti yaxshilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Unda tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, magistral va hududiy gaz tarmoqlarini ta’mirlash, yoqilg‘i zaxiralarini shakllantirish hamda avariya-tiklash brigadalarining shayligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, kuz-qish mavsumigacha magistral gaz quvurlarining 53,7 kilometr nuqsonli qismi almashtiriladi, kompressor stansiyalaridagi 77 ta gaz haydash agregati mukammal ta’mirlanadi.

 

Shuningdek, 881 ta mahalladagi 220 ming xonadonda gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida uch bosqichli gaz taqsimlash tizimi ikki bosqichli tizimga o‘tkaziladi. 711,9 kilometr gaz tarmog‘i hamda 400 ta gaz taqsimlash punkti rekonstruksiya va mukammal ta’mirdan chiqariladi.

 

Kuz-qish mavsumida aholiga 325,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Jumladan, borish qiyin bo‘lgan 229 ta qishloqdagi 104,7 ming iste’molchiga 8,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazilishi belgilangan.

 

Qish mavsumi uchun yoqilg‘i zaxiralari ham shakllantirilmoqda. Rejalarga ko‘ra, dekabr–yanvar oylari uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasi yaratiladi, issiqlik elektr stansiyalariga esa mavsum davomida 4 million 161 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi.

 

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” tizimidagi korxonalarda 90 ta texnologik qurilmada ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlab chiqarish quvvatlarining uzluksiz ishlashi va energiya resurslarini barqaror yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

 

Prezident tayyorgarlik ishlari neft-gaz tarmog‘i bilan cheklanmay, energetika va kommunal sohalar bilan uzviy bog‘liq holda olib borilishi zarurligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan respublika va hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosini qat’iy nazorat qilish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.