Jahon

Qirgʻizistonda ayollarni oʻldirganlik uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

Qonun loyihasi ayollar hayotini huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Qirgʻizistonda ayollarni oʻldirganlik uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

 

Qirgʻiziston parlamenti deputati Burul Amanova mamlakat Jinoyat kodeksiga "femitsid" tushunchasini kiritish hamda ushbu turdagi jinoyatlar uchun eng ogʻir jazoni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

 

Loyihaga koʻra, femitsid ayolning jinsiga nisbatan nafrat yoki kamsitish asosida, zoʻrlash bilan bogʻliq holda, homilador ayolni qasddan oʻldirish yoki ayolni oʻz joniga qasd qilishga majbur etish oqibatida sodir etilgan oʻlim holatlarini qamrab oladi.

 

Qonun loyihasida bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish hamda ularga nisbatan amnistiya qoʻllamaslik taklif etilgan.

 

Burul Amanovaning taʼkidlashicha, qonun loyihasi feminizm yoki feministik harakatni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq emas. Uning asosiy maqsadi ayollar hayotini huquqiy jihatdan yanada kuchliroq himoya qilish va ayollarga nisbatan sodir etilgan qotilliklarni alohida jinoyat turi sifatida belgilashdan iborat.

 

Qonun loyihasiga ilova qilingan izohda Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi maʼlumotlariga tayanilib, mamlakatda ayollarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlar soni yildan yilga ortib borayotgani qayd etilgan.

 

Shuningdek, Ayollar, tinchlik va xavfsizlik (WPS) indeksi natijalariga koʻra, Qirgʻiziston 2021 va 2023-yillarda Markaziy Osiyoda ayollar uchun eng xavfli mamlakat sifatida baholangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirgʻizistonda ayollarni oʻldirganlik uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi mumkin | Zamon.uz