Jahon

Rossiya Kiyevga navbatdagi yirik havo hujumini uyushtirdi: 10 dan ortiq kishi halok bo'ldi

Ukraina ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya tungi hujumda 68 ta raketa va 351 ta drondan foydalangan.

Rossiya Kiyevga navbatdagi yirik havo hujumini uyushtirdi: 10 dan ortiq kishi halok bo'ldi

 

Rossiya Kiyev va uning atrofidagi hududlarga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 11 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan. Bu haqda poytaxt meri Vitaliy Klichko ma'lum qildi.

 

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, 6-iyulga o‘tar kechasi Rossiya qurolli kuchlari Kiyev shahri hamda Kiyev viloyatiga raketa va dronlar yordamida ommaviy zarba bergan. Bu so‘nggi kunlarda Ukraina poytaxtiga uyushtirilgan ikkinchi yirik havo hujumi bo‘ldi.

 

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtning o‘zida 10 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi, jumladan besh nafar bola jarohat olgan. Qutqaruv xizmatlari shaharning 20 dan ortiq manzilida vayronalarni tozalash ishlarini davom ettirmoqda.

 

Eng og‘ir vaziyat Darnitskiy va Podolskiy tumanlarida kuzatilgan. Hujum oqibatida 15 ta turar joy binosi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Podolskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turar joy binosining bir qismi qulab tushgan bo‘lib, vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin.

 

Kiyev viloyatida esa bir kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar orasida to‘qqiz oylik chaqaloq ham bor. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirmoqda.

 

Odessa viloyatida ham Rossiya hujumi oqibatida garaj va xususiy uy zarar ko‘rgan. Bir kishi jarohat olgani ma’lum qilingan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar Ukraina harbiy-sanoat majmualari, yoqilg‘i-energetika obyektlari va harbiy aerodrom infratuzilmalariga qaratilganini ma’lum qilgan.

 

Ukraina Harbiy-havo kuchlari esa bir kecha davomida uchirilgan 68 ta raketadan 38 tasi hamda 351 ta drondan 326 tasi urib tushirilgani yoki radioelektron kurash vositalari orqali zararsizlantirilganini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.