Jahon

Tehrondagi bosh masjidga qasos ramzi bo‘lgan qizil bayroq ko‘tarildi

Qizil bayroq Eronda tarixan qasos olinmagan qon ramzi sifatida talqin qilinadi.

Tehrondagi bosh masjidga qasos ramzi bo‘lgan qizil bayroq ko‘tarildi

 

Eron poytaxti Tehrondagi Imom Xomeyniy Mosalloh diniy majmuasi gumbazi ustiga qasos ramzi sifatida talqin qilinadigan qizil bayroq ko‘tarildi. Bu haqda TASS agentligi muxbiri xabar berdi.

 

Mazkur majmuada so‘nggi uch kun davomida Eronning marhum Oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari o‘tkazildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, marosimda uning tobuti oldiga hurmat bajo keltirish uchun bir necha million kishi tashrif buyurgan.

 

Vidolashuv tadbirlari Tehronning turli hududlarida ham davom etdi. Minglab fuqarolar qo‘llarida davlat bayroqlari va marhum rahbar portretlari bilan ko‘chalarga chiqib, mamlakat rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

 

Rasmiylar yaqin kunlarda Ali Xomanaiyning jasadi shahar bo‘ylab olib o‘tiladigan ommaviy dafn marosimi o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Unga 15–20 million kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

Qizil bayroq Eron shia an’analarida tarixan qasos olinmagan qon ramzi sifatida talqin qilinadi. Biroq uning ko‘tarilishi har doim ham muayyan harbiy harakat boshlanishini anglatmaydi; u ramziy va diniy ma’noga ham ega.

custom img

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar tovon puli to‘ladi

Trampning apellyatsiya doirasidagi e’tirozlari rad etilib, sud qarori bilan yozuvchi va jurnalist Elizabet Kerrollning yuridik firmasiga mablag‘ o‘tkazildi.

custom img

Rossiyaga kelgan migrantlarning telefon sotib olishi majburiy qilinishi mumkin

Migrantlarning joylashuvini nazorat qilish uchun mobil telefon va elektron profil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Eron juda tez orada mag‘lub bo‘ladi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan mojaroda g‘alaba yaqin ekanini ta’kidladi.

custom img

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin

Depozit miqdori har bir arizachining holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.

custom img

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

custom img

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

custom img

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"