O'zbekiston

Toshkentda kanalizatsiya suvi Salor kanaliga oqizilgan

Kanal suvidan belgilangan tartibda namunalar olinib, laboratoriya tahliliga yuborilgan.

Toshkentda kanalizatsiya suvi Salor kanaliga oqizilgan

 

Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida shikastlangan kanalizatsiya quvuridan chiqqan oqova suv Salor kanaliga oqizilgani aniqlandi.

 

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, holat yuzasidan boshqarma rahbari, laboratoriya mutaxassislari hamda Yakkasaroy tumani ekologiya nazorati inspeksiyasi davlat inspektorlari ishtirokida tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borilgan.

 

O‘rganish davomida oqova suvning Salor kanaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri oqizilgani tasdiqlangan. Shundan so‘ng kanal suvidan belgilangan tartibda namunalar olinib, laboratoriya tahliliga yuborilgan.

 

Qayd etilishicha, tahlil natijalari hamda o‘rganish yakunlariga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilmagani yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv ishlari yakunlangach e’lon qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni Yakkasaroy tumanidagi qurilish obyektida yuzaga kelgan texnik nosozlik oqibatida diametri 1 800 millimetr bo‘lgan kanalizatsiya quvuriga shikast yetgan edi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"