Jahon

Xitoyda 325 mln dollarlik pora olgan sobiq amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindi

Yang Yulin poraxo‘rlikdan tashqari, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pul yuvish va boshqa jinoyatlar bo‘yicha ham aybdor deb topildi.

Xitoyda 325 mln dollarlik pora olgan sobiq amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xitoyning Jiangsu provinsiyasidagi Nankin rivojlanish zonasi ma’muriy qo‘mitasi ijrochi direktorining sobiq birinchi o‘rinbosari Yang Yulin poraxo‘rlik va boshqa qator jinoyatlar bo‘yicha aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xinhua xabar berdi.

 

Jiangsu provinsiyasidagi Chanchjou shahri O‘rta xalq sudi hukmiga ko‘ra, u umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilinib, barcha shaxsiy mol-mulki musodara etiladi.

 

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Yang Yulin 1993–2023-yillar davomida Nankin shahridagi turli davlat lavozimlarida ishlab, o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib qurilish shartnomalari, biznes faoliyati, yer uchastkalarini ajratish va moliyalashtirish masalalarida tashkilot hamda jismoniy shaxslarga noqonuniy yordam ko‘rsatgan. Buning evaziga u jami 2,21 milliard yuan (taxminan 325 million AQSh dollari) miqdorida pul va qimmatbaho buyumlarni noqonuniy ravishda olgan.

 

Hukmda qayd etilishicha, sobiq amaldor pora olishdan tashqari, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, pora berish, davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pul yuvish jinoyatlarida ham aybdor deb topilgan.

 

Shuningdek, u boshqa shaxslar bilan til biriktirib davlat mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, davlat xizmatchilariga noqonuniy manfaat evaziga pora bergan, davlat kompaniyalari mablag‘larini boshqalarning biznesi uchun ishlatgan hamda yerlarni buzish va hududlarni rivojlantirish loyihalarini qonunga xilof ravishda amalga oshirgan. Sud bu harakatlar jiddiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelganini ta’kidladi.

 

Bundan tashqari, Yang noqonuniy ravishda yer uchastkalarini o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlarni qaytarib bergani oqibatida davlatga iqtisodiy zarar yetkazgan. Shuningdek, u pora evaziga orttirgan mablag‘larning kelib chiqishini yashirish maqsadida ularni o‘zi nazorat qilgan kompaniyalarga qarz sifatida rasmiylashtirgani aniqlangan.

 

Sud Yang olgan pora miqdori nihoyatda katta bo‘lgani, jinoyatlarining o‘ta og‘irligi, jamiyatga salbiy ta’siri hamda davlat va xalq manfaatlariga juda katta zarar yetkazganini inobatga olib, unga o‘lim jazosi tayinladi.

 

Qayd etilishicha, Yang tergov davomida boshqa shaxslar sodir etgan jinoyatlar haqida ma’lumot bergan va bu ma’lumotlar tasdiqlangan. Biroq sud uning jinoyatlarining og‘irligi ushbu holatni jazoni yengillashtirish uchun yetarli asos deb hisoblamadi.

 

Mazkur ish bo‘yicha ochiq sud majlislari joriy yilning 18-mart va 28-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan. Sudda Yang aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.