O'zbekiston

Farg‘onada shag‘al uyumiga yashirilgan qariyb 6 kg gashish aniqlandi

Muqaddam giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol yana noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangani aniqlandi.

Farg‘onada shag‘al uyumiga yashirilgan qariyb 6 kg gashish aniqlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona shahri Beshbola mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan ayol kelgusida sotish maqsadida 5 kilogramm 936 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini mayda shag‘al uyumi orasiga yashirib qo‘ygani aniqlandi.

 

Tezkor tadbir davomida mazkur giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiy tartibda musodara qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi ayol avval ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lishiga qaramay, yana noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda hamda uning ehtimoliy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada shag‘al uyumiga yashirilgan qariyb 6 kg gashish aniqlandi | Zamon.uz