O'zbekiston

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida Prezident murojaati o‘qib eshittirildi

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Prezident murojaatida ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik va xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilganini qayd etdi.

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida Prezident murojaati o‘qib eshittirildi

 

Toshkent shahrida “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: Tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaati Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov tomonidan o‘qib eshittirildi.

 

Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Prezident murojaatining mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan, unda ilgari surilgan tashabbuslar Markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi.

 

Uning qayd etishicha, davlat rahbari murojaatida Qur’oni karimdagi “Iqro!” (“O‘qi!”) oyatining bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganiga alohida urg‘u berilgan. Mazkur da’vat ilm-fan, ma’rifat, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilayotgan barcha insonlar uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib qolayotgani ta’kidlangan.

 

Shuningdek, murojaatda aynan shu muborak kalom O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bosh peshtoqiga bitilgani, u markazning asosiy maqsadi — islom sivilizatsiyasining bebaho merosini asrab-avaylash, chuqur o‘rganish va shu asosda dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik hamda hamkorlikni mustahkamlashdek ulug‘ vazifani ifodalashi qayd etilgan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini xalqimizning tarixiy xotirasi, buyuk ajdodlar merosiga bo‘lgan chuqur hurmat ramzi va ayni paytda Yangi O‘zbekistonning kelajakka qaratilgan shiddatli intilishining yorqin timsoli sifatida baholadi.

 

Bundan tashqari, davlat rahbari Markaz ochiq intellektual maydon bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar, tadqiqotchilar, diniy arboblar va mutaxassislarni birlashtirish, fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun muhim platformaga aylanganini ta’kidladi.

 

Firdavs Abduxoliqovning so‘zlariga ko‘ra, Prezidentning Islom sivilizatsiyasi markazi qisqa vaqt ichida o‘tmish bilan kelajakni, Sharq bilan G‘arbni, qadimiy an’analar bilan zamonaviy ilm-fan yutuqlarini bog‘lovchi intellektual ko‘prikka aylangani haqidagi e’tirofi markaz jamoasi zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"