O'zbekiston

Navoiyda noqonuniy oltin qaziyotgan 3 fuqaro tuproq ostida qolib ketdi

Hodisa Xatirchi tumanidagi tog‘ hududida noqonuniy qazilgan chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Navoiyda noqonuniy oltin qaziyotgan 3 fuqaro tuproq ostida qolib ketdi

 

Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazish maqsadida qazilgan chuqurlikda tuproq ostida qolib ketgan uch nafar fuqaro qutqarib olindi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa 7-iyul kuni soat 04:22 atrofida Xatirchi tumani “Angidon” mahallasi, Quvray qishlog‘i tog‘ hududida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar fuqaro noqonuniy ravishda oltin qazib olish maqsadida kon hududiga borgan. Ularning uch nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolgan.

 

Hodisa vaqtida tashqarida qolgan to‘rtinchi fuqaro zudlik bilan atrofdagilar hamda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

 

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va hodisa haqida xabar bergan fuqaro chuqurlikdan bir nafar jabrlanuvchini chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng FVB qutqaruvchilari voqea joyiga tezkor yetib kelib, tuproq ostida qolgan yana ikki nafar fuqaroni qutqarib olgan.

 

Qutqarilgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolanish uchun tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

 

Hodisa yuzasidan vakolatli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda noqonuniy oltin qaziyotgan 3 fuqaro tuproq ostida qolib ketdi | Zamon.uz