O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Davlat rahbari forumni islom sivilizatsiyasi merosini chuqur o‘rganish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon ekanini ta'kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

 

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

 

Davlat rahbari forumning O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgani chuqur tarixiy va ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidlab, ushbu nufuzli anjuman jahon hamjamiyatining islom sivilizatsiyasi, uning boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganining yorqin ifodasi ekanini qayd etdi.

 

Prezident bugungi kunda dunyo murakkab sinovlarga duch kelayotganini, mojarolar, ekstremizm, islomofobiya va o‘zaro ishonchsizlik kuchayayotgan bir paytda ilm-fan, ta’lim, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik va barqaror taraqqiyotning eng muhim omili bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tomonidan 2017-yilda BMT minbaridan ilgari surilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi bugun ham dolzarbligini saqlab qolayotganini bildirib, aynan ilm va ma’rifat insoniyatni tahdidlardan asrashning eng samarali yo‘li ekanini qayd etdi.

 

Murojaatda Markaziy Osiyo jahon ilm-fani va ma’rifatining yirik markazlaridan biri bo‘lgani, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalarning bebaho merosi bugungi kunda ham butun insoniyat uchun ulkan ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi.

 

Davlat rahbari Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans poydevorini ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy ta’lim, ma’naviy-intellektual yuksalish hamda boy tarixiy merosga tayanib barpo etayotganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, mamlakatda islom sivilizatsiyasi merosini asrash, tadqiq etish va keng targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, Imom Buxoriy memorial majmuasi va boshqa tarixiy qadamjolarni tiklash hamda obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

 

Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilm-fanni bog‘lovchi muhim intellektual maydonga aylanayotganini ta’kidlab, forumni ilmiy markazlar, universitetlar, muzeylar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi global hamkorlikning yangi bosqichi sifatida baholadi.

 

Murojaat yakunida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma loyihalar va xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, ilm va ma’rifatni tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi sifatida e’tirof etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi | Zamon.uz