O'zbekiston

Sirdaryo IES mutaxassisi Xitoydagi xalqaro tanlovda 2-o‘rinni egalladi

Xitoyda Osiyo davlatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo mamlakatlari energetika sohasi mutaxassislari o‘rtasida kasbiy mahorat tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo IES mutaxassisi Xitoydagi xalqaro tanlovda 2-o‘rinni egalladi

2026-yil 30-iyun – 4-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida Osiyo mamlakatlari hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar energetika sohasi mutaxassislari o‘rtasida xalqaro kasbiy mahorat tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur nufuzli musobaqada “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filiali elektr sexi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ofur Xolnazarov muvaffaqiyatli ishtirok etib, 24 nafar ishtirokchi orasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

 

G‘ofur Xolnazarov “110 kV yuqori kuchlanishli kabel liniyalarida sinov ishlari va kabel muftalarini montaj qilish” yo‘nalishida o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdi. 

 

 

Tanlov davomida ishtirokchilarning kabel liniyalaridagi nosozliklarni aniqlash, kabel parametrlarini belgilash hamda yuqori kuchlanishli kabel muftalarini montaj qilish bo‘yicha amaliy mahorati, shuningdek, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etish darajasi baholandi.

 

 

Musobaqa Osiyo davlatlari mutaxassislari o‘rtasida ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va energetika sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

 

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Xitoy Xalq Respublikasi vakiliga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni O‘zbekiston vakili – Sirdaryo IES mutaxassisi G‘ofur Xolnazarov qo‘lga kiritdi.

 

“Xalqaro tanlovda erishgan natijam mamlakatimiz energetika sohasi mutaxassislarining kasbiy salohiyati yuksak ekanini yana bir bor tasdiqladi. Bu tajriba kelgusida elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish va ilg‘or amaliyotlarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi”, – deydi G‘ofur Xolnazarov.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"