O'zbekiston

Toshkentda qizning behayo suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi

Instagram orqali tanishgan yigit jiddiy munosabat va’dasi bilan qizdan shaxsiy foto va videolarini olgan.

Toshkentda qizning behayo suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentiga kelib tushgan murojaat asosida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan tovlamachilik holatiga chek qo‘yildi.

 

Ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, 2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan qiz Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali bir yigit bilan tanishgan. Muloqot davomida yigit jiddiy niyatda ekanini bildirib, qizdan har xil behayo rasm-videolarni yuborishni so‘ragan.

 

Oradan vaqt o‘tgach, u ushbu materiallarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, qizdan 300 AQSH dollari talab qilgan.

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi talab qilgan pullarning 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.