O'zbekiston

BMT O‘zbekistonni suv sohasidagi eng ilg‘or uch davlat qatoriga kiritdi

BMT forumida O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish va ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha amalga oshirayotgan islohotlari xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.

BMT O‘zbekistonni suv sohasidagi eng ilg‘or uch davlat qatoriga kiritdi

 

Ayni kunlarda New York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish va ichimlik suvi ta’minoti sohasida so‘nggi yillarda erishgan natijalari xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.

 

Forum doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev mamlakatda Barqaror rivojlanishning 6-maqsadi — “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlar hamda ularning amaliy natijalari yuzasidan ma’ruza qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, UN-Water baholashiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston mazkur yo‘nalishda sezilarli taraqqiyotga erishgan dunyodagi uchta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi. Ushbu ro‘yxatdan, shuningdek, Xitoy va San-Tome va Prinsipi ham o‘rin oldi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohani raqamlashtirish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda suv resurslarini samarali va barqaror boshqarish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

 

Natijada O‘zbekistonda suv stressi ko‘rsatkichi 2017-yildagi 169 foizdan 2022-yilda 122 foizgacha kamayib, 47 foiz bandga pasaydi.

 

Forum ishtirokchilariga, shuningdek, O‘zbekistonning suv sohasidagi institutsional va huquqiy islohotlari, mintaqaviy suv diplomatiyasi hamda transchegaraviy suv resurslarini samarali boshqarishga qaratilgan tashabbuslari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

 

Mazkur e’tirof O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni barqaror boshqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro miqyosda ham yuqori baholanayotganining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

BMT O‘zbekistonni suv sohasidagi eng ilg‘or uch davlat qatoriga kiritdi | Zamon.uz