Jahon

Bursada 25 mamlakat sportchilarini jamlaydigan xalqaro tog‘ ultramarafoni o‘tkaziladi

Turkiyaning Bursa shahri 17–19-iyul kunlari 25 mamlakatdan qariyb 3 ming sportchi ishtirok etadigan 9-Uludağ Premium Ultra Trail musobaqasiga mezbonlik qiladi.

Bursada 25 mamlakat sportchilarini jamlaydigan xalqaro tog‘ ultramarafoni o‘tkaziladi

 

Turkiyaning tarixiy va sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Bursa shahri 17–19-iyul kunlari 9-Uludağ Premium Ultra Trail xalqaro tog‘ ultramarafoniga mezbonlik qiladi. Uludağ tog‘i bag‘rida tashkil etiladigan musobaqada dunyoning 25 mamlakatidan qariyb 3 ming nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

“Istanbuldan atigi ikki soat, Bursa markazidan esa 30 daqiqalik masofada joylashgan musobaqa bu yil "Uludağda yugurish orzusi!" shiori ostida o‘tkaziladi. Musobaqada Turkiya bilan bir qatorda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Fransiya, Polsha, Shvetsiya, Eron, Gruziya, Shveytsariya, Belgiya, Niderlandiya, Ruminiya, Norvegiya va boshqa davlatlardan sportchilar qatnashadi.

 

       

 

Marafon yo‘nalishlari Bursaning eng mashhur tabiiy va tarixiy maskanlari orqali o‘tadi. Ishtirokchilar UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Jumalikizik qishlog‘i, Saitabat sharsharasi, Zeyniler qishlog‘i, Muzlik ko‘llari hamda 2 543 metr balandlikdagi Uludağ cho‘qqisini o‘z ichiga olgan murakkab tog‘ yo‘laklarida kuch sinashadi.

 

       

 

Musobaqa turli tayyorgarlik darajasidagi ishtirokchilar uchun beshta masofada tashkil etiladi:

  • UPUT 70K — 70 km, 3 600 metr balandlikka ko‘tarilish;

  • UPM 42K — 42 km, 2 353 metr balandlikka ko‘tarilish;

  • UPE 30K — 30 km, 1 510 metr balandlikka ko‘tarilish;

  • UP16K — 16 km, 500 metr balandlikka ko‘tarilish;

  • UP6K — 6 km, 210 metr balandlikka ko‘tarilish.

 

Bu yil yangilangan 70 kilometrlik yo‘nalish ilk bor sportchilarni Uludağ cho‘qqisiga olib chiqadi. 42 kilometrlik marafon ishtirokchilari esa tog‘ning kichik cho‘qqisi hududida bahs olib boradi. Musobaqa doirasida bolalar yugurishi ham tashkil etilib, tadbirga bayramona muhit bag‘ishlaydi.

 

       

 

Bursa nafaqat sport, balki tarix, tabiat va gastronomiya uyg‘unlashgan maskan sifatida ham mashhur. Shahardagi Ulu jome masjidi, Yashil masjid va maqbarasi, Koza Xon karvonsaroyi, tarixiy bozorlar, Otaturk uy-muzeyi hamda qadimiy Jumalikizik qishlog‘i sayyohlarning asosiy diqqat markazlaridan hisoblanadi.

 

     

 

Uludağ milliy bog‘i biologik xilma-xilligi bilan ham ajralib turadi. Hududda 791 turdagi o‘simlik mavjud bo‘lib, ularning 108 tasi endemik hisoblanadi. Shuningdek, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik va noyob kapalak turlari ham aynan shu hududda uchraydi.

 

     

 

Bursa Iskender kabobi, kashtan shirinligi, tahinli pide, Gemlik zaytuni hamda ipak mahsulotlari bilan ham dunyoga mashhur gastronomik va madaniy markaz sanaladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.