O'zbekiston

Buxoroda universitetga tegishli 5 ta mashina xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MIB orqali ishga tiklangan xodimga maʼmuriyat maosh to‘lashni xohlamagan.

Buxoroda universitetga tegishli 5 ta mashina xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining ijro varaqalariga ko‘ra, undiruvchi D.K.ni ishga tiklash, 139.423.357 so‘m ish haqi va 6.000.000 so‘m maʼnaviy zarar undirish belgilangan.

 

Ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirishilgan.Ijro harakatlari davomida sobiq xodim ijro hujjatida belgilangan tartibda Buxoro shahridagi taniqli universitetga tyutor vazifasiga ishga tiklangan.Biroq, sobiq xodim foydasiga ish haqi va maʼnaviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosi paysalga solingan.Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, universitet hisob raqamiga band solinib, mol-mulklarga va avtotransport vositalariga taqiq o‘rnatilgan.

 

Shuningdek, ijro harakatlari davomida avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, universitetga tegishli 5 ta avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Shundan keyingina qarzdor universitet sud qarorini bajarishga majbur bo‘lib, ijro hujjatida belgilangan ish haqi va maʼnaviy zarar pullarni to‘liq to‘lab bergan va ijro hujjati amalda tamomlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda universitetga tegishli 5 ta mashina xatlandi | Zamon.uz