O'zbekiston

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi yakunida Deklaratsiya qabul qilindi

Forum ishtirokchilari Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tuzish hamda islom merosining yagona xalqaro raqamli reyestrini yaratishni taklif qildi.

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi yakunida Deklaratsiya qabul qilindi

 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: Tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” yakunida forum ishtirokchilari Deklaratsiyani qabul qildi.

 

Hujjatda islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosini asrash, chuqur o‘rganish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan qator muhim global tashabbuslar ilgari surildi.

 

Xususan, Deklaratsiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida xalqaro tashkilotlar, akademik va ilmiy muassasalar, muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, qo‘lyozmalar markazlari, tadqiqot institutlari hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarni birlashtiruvchi Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tashkil etish taklif qilindi.

 

Shuningdek, islom sivilizatsiyasi merosiga oid tarixiy manbalarni yagona platformada jamlaydigan Islom sivilizatsiyasi merosining jahon raqamli reyestrini yaratish, “Islom sivilizatsiyasi — butun insoniyat merosi” xalqaro dasturini amalga oshirish, Xalqaro islom sivilizatsiyasi mukofotini ta’sis etish, Jahon raqamli kutubxonasini shakllantirish hamda Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha xalqaro yoshlar forumini muntazam o‘tkazish tashabbuslari ilgari surildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur tashabbuslar islom sivilizatsiyasining insonparvarlik, ma’rifat va bag‘rikenglikka asoslangan bebaho merosini asrash, ilmiy jihatdan tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.

 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi hamda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumining o‘tkazilishi islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadam bo‘ldi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.