Jahon

Paragvay senatori Mbappega yana tahdid qildi

Avvalroq Seleste Amarilla futbolchining tashqi ko‘rinishi va kelib chiqishiga oid kamsituvchi iboralarni ishlatib post yozgan edi.

Paragvay senatori Mbappega yana tahdid qildi


 
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kylian Mbappe va Paragvay senatori Seleste Amarilla o‘rtasidagi mojaro yanada keskinlashdi. Irqchilik mazmunidagi bayonotlari uchun xalqaro tanqidlarga uchragan senator bu safar Mbappega nisbatan sudga murojaat qilishi mumkinligini aytib, uni Paragvayni "mensimaslik"dan ogohlantirdi.


 
Amarilla o‘zining navbatdagi murojaatini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida fransuz va ispan tillarida e'lon qildi. U Mbappeni "gender zo‘ravonlik" qilganlikda ayblab, futbolchi undan uzr so‘ramasa yoki avvalgi bayonotini rad etmasa, sudga murojaat qilishini bildirdi.


 
Shuningdek, senator Mbappega murojaat qilib, "Paragvayliklar bilan munosabat qilishda ehtiyot bo‘l. Bu yerda Ronaldinyoni ham qamashgan” deya izoh qoldirgan.


 
Bu gap bilan Amarilla 2020-yilda braziliyalik futbol afsonasi Ronaldinyo va uning akasi Roberto Assisning Paragvayga qalbaki pasport bilan kirgani uchun qamoqqa olinib, bir necha oy uy qamog‘ida saqlangan voqeani nazarda tutgan.


 
Bundan avval Mbappe Fransiyaning Jahon chempionati nimchorak finalida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etgan uchrashuvdan so‘ng Amarillaning irqchilik mazmunidagi postlariga javob qaytargan edi.


 
"Siz jirkanch ayolsiz va egallab turgan lavozimingizga loyiq emassiz. Sizning ochiq irqchiligingiz sabab butun dunyo Paragvay terma jamoasining tarixiy o‘yinini emas, aynan sizni muhokama qilmoqda",deb yozgandi Mbappe.


 
Shundan so‘ng Fransiya futbol federatsiyasi senatorning bayonotlari yuzasidan Parij prokuraturasiga shikoyat kiritgan. Fransiya prokuraturasi Amarillaga nisbatan irqchilik va nafrat qo‘zg‘atishga oid moddalar bo‘yicha tergovni boshlagan. Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, bunday jinoyatlar bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 45 ming yevrogacha jarima bilan jazolanishi mumkin.


 
Paragvay hukumati esa senatorning bayonotlari mamlakatning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini bildirib, irqchilik va kamsitishning har qanday ko‘rinishini qoralagan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Mbappeni qo‘llab-quvvatlagan va uning irqchilikka qarshi pozitsiyasini olqishlagan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Paragvay senatori Mbappega yana tahdid qildi | Zamon.uz