O'zbekiston

“Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Ro‘yxatdan o‘tkazish holvaning o‘ziga xosligi va sifatini saqlash hamda milliy brend sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

 

Farg‘ona viloyatining milliy shirinliklaridan biri bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, tarixiy manbalarga ko‘ra, Qo‘qon shahri qadimdan hunarmandchilik va milliy qandolatchilik rivojlangan maskanlardan biri bo‘lib, aynan shu hududda tayyorlanadigan Qo‘qon holvasi o‘zining an’anaviy retsepti, tayyorlash texnologiyasi, ta’mi va sifati bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham e’tirof etilgan.

 

Mahsulotning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uning nomi hamda an’anaviy tayyorlash usulining huquqiy himoyasini ta’minlaydi. Shuningdek, bu mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari va sifat standartlarini saqlash, qalbakilashtirishning oldini olish hamda iste’molchilar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ro‘yxatdan o‘tkazish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda muhim qadam hisoblanadi.

 

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligi hamda uning sifati, obro‘si va o‘ziga xos xususiyatlari aynan o‘sha hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan chambarchas bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti sanaladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi | Zamon.uz