O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda soliq qarzlari majburiy undirilmoqda

Birgina Qonliko‘l tumanida joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzdorligini undirishga oid jami 17 mlrd 766 mln so‘mlik 487 ta ijro hujjatlarining ijrosi taʼminlangan.

Qoraqalpog‘istonda soliq qarzlari majburiy undirilmoqda

Majburiy ijro byurosi Qonliko‘l tuman bo‘limlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.



Xususan, bo‘lim tomonidan tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda ishchi-guruhlar tuzilgan bo‘lib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning soliq qarzdorliklarini undirish, shu orqali davlat byudjetiga pul yo‘naltirish ishlarini asosiy vazifa qilib qo‘yishgan.



Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida, soliq qarzdorligini undirishga oid jami 17 mlrd 766 mln so‘mlik 487 ta ijro hujjatlarining ijrosi taʼminlanib, shundan amalda 6 mlrd 431 mln so‘m undirilgan.



Qoldiqda bo‘lgan 14 mlrd so‘mlik 610 ta ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida undiruv qarzdorlarning mol-mulklariga va ish haqlariga qaratilmoqda.



Masalan, bo‘lim ish yurituvidagi qarzdor "AGROHAMKOR CLUSTER" MCHJning 1 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzi bo‘yicha unga tegishli barcha ko‘chmas mulklar tegishli tartibda xatlovga olingan.



Qarzdorlarga yuzaga kelgan soliq qarzi bartaraf etilmasa, xatlangan mulklar auksion savdosiga chiqarilishi haqida ogohlantirishlar berilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda soliq qarzlari majburiy undirilmoqda | Zamon.uz