O'zbekiston

Toshkentda transmilliy kiberfiribgarlik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Ikki yirik call-markaz fosh etilib, ularda 131 nafar shaxs, jumladan, 8 nafar chet el fuqarosi aniqlandi.

Toshkentda transmilliy kiberfiribgarlik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

 

Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan transmilliy kiberfiribgarlik bilan shug‘ullangan yirik jinoiy tarmoq faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya va boshqa davlatlar fuqarolarini yuqori daromadli investitsiya hamda kriptoaktiv loyihalari bahonasida aldab, ularning mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Aniqlanishicha, ushbu faoliyatga chet tillarini mukammal biladigan yoshlar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari ham jalb etilgan. Ular soxta telefon raqamlari orqali xorij fuqarolariga muntazam qo‘ng‘iroqlar qilib, o‘zlarini treyder yoki investitsiya maslahatchisi sifatida tanishtirib, fishing havolalar yordamida fuqarolarni kriptoaktivlarga sarmoya kiritishga undagan.

 

Tezkor tadbirlar davomida Toshkent shahrida faoliyat yuritgan ikkita yirik call-markaz fosh etilgan.

 

Yashnobod tumanidagi biznes markazlaridan birining oltinchi qavatida joylashgan kol-markazda 97 nafar shaxs aniqlangan bo‘lib, ulardan 5 nafari chet el fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgan.

 

Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi biznes markazining 11-qavatida joylashgan yana bir call-markazda 34 nafar shaxs faoliyat olib borgani, ularning 3 nafari xorij fuqarolari ekani aniqlangan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh qat’iy konspiratsiya qoidalari asosida faoliyat yuritgan. Xodimlar maxsus o‘qitilgan, xorijlik fuqarolar bilan taxalluslar orqali muloqot qilgan. Binolarga kirish qat’iy nazorat ostida bo‘lib, maxsus qo‘riqlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Tezkor tadbirlar davomida kol-markazlarda jinoiy faoliyatda foydalanilgan:

  • 136 ta kompyuter;

  • 90 ta monitor;

  • 73 ta protsessor;

  • 53 ta monoblok;

  • 320 ta telefon apparati;

  • 128 ta qattiq disk;

  • 175 ta xotira qurilmasi;

  • 2 ta seyf hamda boshqa texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.