O'zbekiston

Toshkentdagi YTH: ikkiga bo‘linib ketgan Lacetti’da ikki kishi halok bo‘ldi

Voyaga yetmagan haydovchi boshqargan Kia K5 bilan to‘qnashgan Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan edi.

Toshkentdagi YTH: ikkiga bo‘linib ketgan Lacetti’da ikki kishi halok bo‘ldi

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar fuqaro, jumladan, ikki nafar voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

 

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, hodisa 30-iyun kuni soat 05:10 atrofida Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qayrilayotgan Lacetti avtomobili yuqori tezlikda harakatlangan Kia K5 bilan to‘qnashgan. Kuchli zarba oqibatida Lacetti avtomobili ikkiga bo‘linib ketgan.

 

Aniqlanishicha, Kia K5 avtomobilini voyaga yetmagan shaxs boshqargan. U tergovga bergan ko‘rsatmasida otasining avtomobilini ruxsatsiz olib chiqqani, do‘stlari bilan mashina haydash maqsadida yo‘lga chiqqani hamda yuqori tezlik sabab chorrahada avtomobilni to‘xtata olmaganini bildirgan. U sodir bo‘lgan fojiadan chuqur afsusdaligini aytib, halok bo‘lganlarning yaqinlari va ota-onasidan uzr so‘ragan.

 

Voyaga yetmagan haydovchining otasi o‘g‘lining avtomobilni uning ruxsatisiz olib chiqqanini ma’lum qilib, sodir etilgan qilmish uchun qonun doirasida qanday jazo belgilansa, shunga tayyor ekanini bildirgan.

 

Mazkur hodisa yuzasidan jamoatchilik muhokamasi ham o‘tkazilib, unda mahalla faollari, voyaga yetmaganlarning ota-onalari, ular tahsil olayotgan maktabning pedagoglari va o‘quvchilari ishtirok etgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaga huquqiy baho berish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.