Jahon

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3685 kishiga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida 190 ta bino butunlay vayron bo‘lgan, 856 tasi jiddiy shikastlangan.

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3685 kishiga yetdi

 

Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3685 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Milliy Assambleyasi prezidenti Xorxe Rodriges ma’lum qildi.

 

Hukumatning navbatdagi rasmiy hisobotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 16 740 kishi jarohatlangan, 17 907 nafar fuqaro boshpanasiz qolgan. Shuningdek, 190 ta bino to‘liq vayron bo‘lgan, yana 856 ta bino jiddiy zarar ko‘rgan.

 

Ma’lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 6462 nafar fuqaro qutqarilgan, 25 970 kishi tibbiy muassasalarda davolangan. Jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish doirasida 86 794 oilaga ko‘mak yetkazilgan, shuningdek, 9603 tonna oziq-ovqat mahsuloti tarqatilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Venesuelada qariyb 40 soniya oralig‘ida magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Ularning epitsentri Yarakuy shtati hududida, bir-biridan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.

custom img

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

custom img

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

custom img

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

custom img

Netanyaxuning AQShga borishi kutilmoqda

Tashrif davomida Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazilishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Ukraina hukumati iste’foga chiqdi

Oliy Rada Yuliya Svyrydenkoni bosh vazir lavozimidan ozod qildi.

custom img

Turkmanistonda O‘zbekiston SIM kartalariga qarshi reydlar boshlandi

Bunga Toshhovuz viloyatida bir erkakning olti nafar farzandi va o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar internetda keng tarqalib ketgani sabab bo‘lishi mumkin.

custom img

JCH uchun tanlangan hakam 38 yoshida vafot etdi

Unga nisbatan jinsiy tajovuz ayblovlari qo‘yilganidan so‘ng FIFA uni hakamlar ro‘yxatidan chiqargan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"