O'zbekiston

1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi — Soliq qo‘mitasi

Qo‘mitaga ko‘ra, soxta cheklar sabab o‘n minglab fuqarolarning keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.

1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda keshbek tizimi yuzasidan tarqalayotgan xabarlar ortidan rasmiy izoh berdi. Qo‘mitaga ko‘ra, keshbek tizimi bekor qilinmaydi, biroq soxta fiskal cheklar orqali noqonuniy mablag‘ olishga urinishlar aniqlangani sabab ayrim to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2023-yil 5-apreldagi PQ–113-son qaroriga muvofiq, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga qo‘y, mol va parranda go‘shti, tuxum, o‘simlik yog‘i, un, shakar, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar xaridi uchun odatdagi 1 foizlik keshbek o‘rniga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘liq qaytariladi.

 

Biroq Soliq qo‘mitasi ayrim fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ushbu imtiyozdan noqonuniy foydalanishga uringanini bildirgan. Xususan, soxta yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fiskal cheklar rasmiylashtirilib, asossiz ravishda QQSni qaytarib olish holatlari aniqlangan.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil may oyida respublika bo‘yicha 389 ta korxonaga tegishli soxta cheklar orqali keshbek olishga uringan 248,5 ming nafar fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan. Natijada 83,1 milliard so‘mlik keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Hududlar kesimida aprel–may oylarida:

 

  • Navoiy viloyatida 13 ta MCHJga tegishli cheklar orqali rasmiylashtirilgan 34,8 milliard so‘mlik keshbek to‘liq ushlab qolingan;
  • Farg‘ona viloyatida 38,3 milliard so‘mlik keshbekning 3,9 milliard so‘mi tasdiqlanib, 34,4 milliard so‘mi to‘lanmagan;
  • Andijon viloyatida esa 34,1 milliard so‘mlik keshbekning 5,8 milliard so‘mi tasdiqlanib, 23,8 milliard so‘mi ushlab qolingan.

 

Soliq qo‘mitasi keshbek tizimini bekor qilish yoki cheklash rejalashtirilmaganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ushbu mexanizm xarid madaniyatini oshirish, fiskal intizomni mustahkamlash, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qiladi.

 

Shu bilan birga, fuqarolarga faqat o‘zlari amalga oshirgan xaridlar uchun berilgan fiskal cheklarni “Soliq” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazish, boshqa shaxslarga tegishli cheklardan foydalanmaslik tavsiya etildi.

 

Qo‘mita soxta cheklarni sotish yoki xarid qilish holatlariga duch kelgan fuqarolarni Soliq organlarining Komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘linmalariga murojaat qilishga chaqirdi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.